Biz haqimizda

2010-yilda o‘z faoliyatini boshlagan “Shosh mebel” jamoasi tajribasi va mahsulot turlarini kundan-kunga oshirib bormoqda. Bunda jamoadagi har bir ishchi-xizmatchining mehnati beqiyos o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston mebel bozoriga shaxdam qadam tashlab kirib kelgan “Shosh mebel” kompaniyasi tez fursatlarda o‘z o‘rnini topib, ko‘plab xaridorlarga ega bo‘ldi. Butun respublika bo‘ylab sotilayotgan mebellarimiz ham sifat, ham ko‘rkamlik jihatdan chet el meballaridan aslo qolishmaydi. O‘zgacha dizayn va uslub ila tayyorlanayotgan mebellarimiz o‘zbek xonadonlariga kirib bormoqda va bundan keyin ham ishlarimizni yanada yuksaltirish harakatlarida to‘xtamaymiz.

Mijozlar bilan muomala qilishda esa ushbu tamoyillarga qat’iy amal qilamiz:

  • Bizdan xato o‘tsa, tanqidlar o‘rinli bo’lsa, tan olib, muammoni joyida hal qilamiz.
  • Mahsulotning sifati va mustahkamligiga 100% kafolat bermasak, sotmaymiz. Sotyapmizmi, demak mahsulotimiz sifatiga ishonamiz va bu bizni uyaltirib qo‘ymaydi.
  • Sodiq mijozlarimizni qadrlaymiz va hurmat qilamiz.
  • Ombordan chiqib, mijoz uyi tomon harakatlanayotgan har bir mahsulot uchun to‘la javobgarlikni bo‘ynimizga olamiz.
  • Savdo va pul oldi-berdisida halollikka qat’iy amal qilamiz.
  • Mijozlar bilan muomala qilishda intizom va o‘zaro tushunishni birinchi o‘ringa qo‘yamiz.
Bizning qadriyatlar

- birdamlik va do‘stlik;
- erkin fikr va insoniylik;
- kamtarlik va sodiqlik;
- adolat va halollik;
- bir-biriga ishonch va hurmat;
- tozalik va tartib.

Shuningdek, biz har bir xodimning erkin fikrlashiga imkon bergan holda, innovatsion g‘oyalar va ijodkorlikni har doim qo‘llab quvvatlaymiz.
"Shosh mebel — milliylik va sifat kafolati!"
Made on
Tilda