Yangiliklar

Uyqu uchun matrasni qanday tanlash kerak?
Inson sifatli va samarali hayot kechirishi uchun tuni bilan to‘liq dam olishi va uxlashi zarur
Bir kishi butun hayoti davomida 15 yildan 30 yilgacha vaqtini uxlab o‘tkazadi.
O‘ylantiradigan raqam, shunday emasmi? Shundan kelib chiqib, uxlash sifati qanday matras tanlashiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Chunki inson aynan matrasning ustida uxlaydida.
Bugungi kunda matraslarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchisi – ortopedik.
Ikkinchisi – anatomik.
Birinchi turdagi matraslar uyqu paytida tana mushaklarini to‘liq bo‘shashtiradi va umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlaydi.
Anatomik matraslar, ortopedik matrasning barcha fazilatlaridan tashqari, inson vaznini idrok etib, tananing har qanday egilishiga moslashadi. Matraslarni prujinali va prujinasiz deb ajratishimiz ham mumkin.
Faqatgina qulay matraslarni tanlang, zero yaxshi dam – mehnatga hamdam,- deb bejizga aytishmagan.
01
Divan nima? Ularning asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
Divanning turli xil ranglari va shakllari mavjud. Ammo ko‘pchilik ularning asosiy xususiyatlarnini bilishmaydi. Quyida, ko‘pchilik eʼtiborga
olmaydigan jihatlarni ko‘rib chiqamiz.
Ilgari divan hashamat ramzi bo‘lgan, ammo hozir deyarli har bir uyda kamida bitta, ayrimlarida esa bir nechtadan divan mavjud.
Divanni bugungi kundagi eng zarur mebel desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, shuning uchun ham bu buyumni tanlashda bir qancha jihatlarni
eʼtiborga olsangiz, foydadan holi bo‘lmaydi.
Divanni tasniflashning bir necha usuli mavjud:
1. Tuzilishiga ko‘ra:
A) Statsionar divan. Bunday divanning shakli va hajmini o‘zgartirishning imkoni yo‘q, lekin ular ochilganida uxlash uchun juda qulay joyga aylanadi.
Ular devor bo‘ylab joylashtiriladi. Bunday divanning salbiy tomoni hajmi hisoblanib, joylashtirish uchun katta hudud talab etadi. Statsionar divan, o‘z navbatida, to‘g‘ri va burchakli divanga bo‘linadi. Ularning nomi qanaqa xususiyatga ega ekanligini aytib turibdi.
B) Modulli divan. Ular yig‘ilishi mumkin bo‘lgan alohida elementlardan tashkil topadi. Ehtiyojlaringizga qarab har qanday shakldagi divan yasashingiz mumkin bo‘ladi. Ammo bunaqa turdagi divanning narxi ham sal qimmatroq bo‘ladi.
C) Plyaj divani. Bunday divan devordan uzoqda joylashtiriladi va shuning uchun juda ko‘p joy talab etadi. Ular har tomondan chiroyli va zamonaviy ko‘rinadi. Bunday divandan uxlash uchun foydalanilmaydi. Ular juda qimmat turadi.
2. O‘zgaruvchanlik turiga ko‘ra:
A) Buklama divan. Bu tipdagi divan qulay uxlashga imkon beradigan mehanizmga asoslanib yasaladi. Buklanganda, bu mexanizm ko‘rinmaydi, tashqi ko‘rinishini buzmaydi. Divanni joylashtirish uchun ko‘plab mexanizmlar talab etilsa ham, ular juda ham ishonchli emasligini taʼkidlash zarur. Bundan tashqari, bunday divanga tortmalarni ham o‘rnatish mumkin.
B) Buklanmaydigan divan. Bunday divanning funksionalligi kamroq bo‘lib, ular faqat o‘tirish uchun mo‘ljallanadi. Ularning yordami bilan ular dam olish xonalarini, oshxonalarni, koridorlarni va boshqa xonalarni jihozlash mumkin. Ular buklanadigan divanga qaraganda arzonroq turadi.
3. To‘ldiruvchining turiga ko‘ra:
A) Prujinali. To‘ldiruvchi – bu bloklarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan prujinalarga asoslangan tuzilish. Ular juda qulay bo‘lib, uzoq vaqt davomida xizmat qiladi.
B) Prujinasiz. To‘ldiruvchi porolon, lateks, poliuretan va boshqa materiallar bo‘lishi mumkin.
4. Maqsadiga ko‘ra:
A) oshxona uchun divan.
B) yashash xonasi uchun divan.
C) yotoqxona uchun divan.
D) yo‘lak uchun divan.
E) bolalar bog‘chasi uchun divan.
F) dam olish xonasi uchun divan va boshqalar.
Divanlarni boshqa xususiyatlar bo‘yicha ham tasniflash mumkin, ammo eng muhimlarini yuqorida sanab o‘tdik.
02
Mebellar haqidagi siz bilmagan 14 ta hayratlanarli fakt
Kundalik hayotimizda faol foydalaniladigan interer jihozlari birmuncha g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin. Aslida, mebellar olamida sizni hayratda
qoldiradigan qiziqarli faktlar juda ko‘p. Aynan hozir ham qulay stul yoki divanda yastanib o‘tirgan bo‘lishingiz ehtimoli katta.
Mebel – ming yillikning eng foydali ixtirolaridan biri deb aytishimizga to‘la asos bor.

1-fakt. G‘ayrioddiy mebel
Barchamiz odatdagi interer jihozlariga o‘rganib qolganmiz, ammo mebel muhandislari kelajak «aqlli mebel»larniki deb hisoblashmoqda.
Shunday qilib, 2008 yilda Stib Norris ismli amerikalik muhandis egasining xohishiga ko‘ra xonadon bo‘ylab mustaqil harakatlana oladigan,
RoboStool deb nomlangan texnologik pufik yaratdi.

2-fakt. Tirik interer
Shunisi eʼtiborga loyiqki, 3000 ta daraxt ko‘chatiga ega bo‘lgan angliyalik ijodkor Gevin Monro mebel yetishtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniya tashkil qildi. Bunday mahsulotlarni yaratish uchun yosh daraxtlardan novdalari uzib olinib, butun boshli konstruksiyaga ulanadi. Novdalar maxsus qolip bilan yerga ekiladi. Ushbu texnologiya 2-4 yil ichida tayyor stulning “o‘sishiga” sabab bo‘ladi.

3-fakt. Uchar krovat
2009-yilda butun dunyo uchar krovat ixtiro qilinganligi haqidagi yangilikdan hayratda qoldi . Uni Ruyssenar ismli gollandiyalik muhandis ixtiro qilgan. Krovatning vazni 9 sentnerni tashkil qilsada, “parvoz” ning siri juda oddiy: barchasi polga va krovatga o‘rnatilgan kuchli magnitlar bilan izohlanadi. To‘g‘ri, bunday mebellarni harakatlantirishning imkoni yo‘q.

4-fakt. Taburetka-yodgorlik
Agar Moskvaga borgan bo‘lsangiz, Mayakovskiy ko‘chasida g‘ayrioddiy mebellar muzeyi borligini eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo mebellar haqidagi yana bir haqiqat yana-da qiziqroq – ushbu muassasaning kirish qismida «Rossiya zaminidagi birinchi taburetka-yodgorlik» deb nomlangan yodgorlik mavjud. Bundan tashqari, ushbu ajoyib taburetkaning balandligi 3 metrga teng.

5-fakt. Divan-yodgorlik
Mebel haqida avvalgi fakt sizni hayratda qoldirgan bo‘lsa, unda divan-yodgorlik haqida nima nima deysiz? Bu safar Amerikaning Ogayo shtati aholisi diqqat markazida. Bu yerda eng noodatiy diqqatga sazovor joylardan biri bu katta charm divan ko‘rinishidagi tosh haykal hisoblanadi.

6-fakt. Hashamatli xarid
Mana bir necha yildirki, dunyo tarixdagi eng qimmat mebel – bu 18-asrda ingliz hunarmandlari tomonidan yaratilgan “Badminton” nomli ofis uchun yasalgan dabdabali mebel bo‘lib kelmqoda. Bu mebel 1990 yilda Lixtenshteyn knyazi tomonidan 15,2 million AQSH dollariga sotib olingan. Ushbu ajoyib mahsulot hali ham uning qo‘lida saqlanmoqda.

7-fakt. Rassomlarning qiziqishi
Shunisi eʼtiborga loyiqki, ko‘plab taniqli rassomlar va arxitektorlar mebellarga faol qiziqish bildirib kelishgan. Masalan, Salvador Dali 1988 yilda mashhur Sotheby kim oshdi savdosida 90 ming yevroga sotib olingan lab shaklidagi maxsus divan yaratdi. Shuningdek, Rastrelli, Rinaldi va Kemeron kabi taniqli shaxslar mebellar dizayni bilan shug‘ullanishgan.

8-fakt. Mebel sotuvchisi
Chikagolik gangster Al Kapone haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ko‘pchilik uning spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni noqonuniy sotish bilan shug‘ullanganligini biladi. Ushbu shaxs rasman yog‘och mebellar, shu jumladan shkaf, krovat, sandiq va narvon uchun suyanchiqlar yasovchi sifatida ro‘yxatiga olinganini kamdan-kam odam biladi.

9-fakt. Tungi qo‘rquv
Oyoqsiz krovatlarni bir necha bor uchratganingiz aniq. Ularning ixtirochisi yozuvchi Mark Tven deb hisoblanadi. Bir marta yozuvchining do‘sti unga krovatining tagida nimadir bo‘lishi mumkinligidan cho‘chib, tunda uxlay olmayotganini aytib, shikoyat qiladi. Bunga javoban Mark krovat oyoqlarini arralashni maslahat beradi.

10-fakt. Beton mebel
Ixtirochi Tomas Edisonni barchamiz yaxshi taniymiz. Ammo olim bir necha yil davomida beton va armaturadan iborat bo‘lgan maxsus mebel kontsepsiyasini jiddiy ravishda ishlab chiqqanliginidan kamdan kam odam xabardor. Edison bunday interer jihozlar yog‘och mahsulotlardan yaxshiroq samara keltirishiga ishongan. Ammo, yog‘och mebellar ancha hamyonbop bo‘lishini hech kim inkor eta olmaydi. Afsuski (yoki baxtga ko‘ra), keng jamoatchilik ushbu ixtironi yetarlicha qadrlamagan.

11-fakt. Birinchi urinish
Damlanadigan mebel birinchi marotaba 19-asr oxirida ixtiro qilinganligidan xabaringiz bormi? Muhandis Linfort Rud poezdlardagi yotoqxona matraslariga issiq bug‘ bilan dam urishga qaror qildi. Biroq, o‘sha paytda ular zamonaviy rezina matraslarini qanday tayyorlashni bilishmagan. Natijada, poyezd harakatlanayotganda sifatsiz mahsulotlar yorilib, uxlab yotgan yo‘lovchilarning o‘takasini yorgan, natijada bu g‘oyadan voz kechilgan.

12-fakt. Yangi g‘oya
Zamonaviy shakldagi birinchi yozuv stoli 17-asrda paydo bo‘lgan. Undagi tortmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri stol ostida joylashgan. Natijada, bunday stolda tik turgan holda ishlashga majbur bo‘lingan. Biroq, tez orada odamlar bunday mebeldan foydalanishning noqulayligi haqida shikoyat qilishni boshlaydi va tortmalarni yon tomonga ko‘chirishni taklif qilishadi. Bu o‘tirgan holda stolda ishlashga imkon berardi.

13-fakt. Yaxshi himoya
Bugungi kunda juda ommabop bo‘lgan bar stoykasi va stullari yovvoyi G‘arbda paydo bo‘lganligini bilasizmi? Dastlab, bu stoyka xona egasini dushman o‘qlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan edi, bar o‘rindiqlari esa turli yo‘nalishlarda burilishni va butun xonani kuzatishni osonlashtirdi.

14-fakt. Napoleon va shkaf-kupe
Bugungi kunda shkaf-kupeni kim ixtiro qilganini aytish munozarali masala. Ammo qiziqarli hayoti haqidagi hikoyalar bilan eslab qolingan mashhur qo‘mondon Napoleon Bonapart ushbu ixtironing muallifi deb kelinadi. U zobitlariga o‘z kvartiralarida maxsus formalari saqlanadigan harakatlanadigan shirmalar yasashni taklif qildi. Ushbu g‘oya tufayli formalar har doim tartibli va juda yaxshi holatda saqlanib, ko‘p joy egallamas edi.

So‘zimiz yakunida nima deyishimiz mumkin? Mebel va interer haqidagi qiziqarli maʼlumotlar juda xilma-xil, interer buyumlar dunyosi esa siz o‘ylaganingizdan ham ajablanarlidir.
03
Made on
Tilda